Печать
Категория: Jamiyatdagi
Просмотров: 134

KARMANADA QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUHOKAMA ETILDI

 

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17-21 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan «InnoWeek.Uz – 2022» – Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Navoiy viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi Sh. Xolboyev hamda Karmana tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Zayniyevlar xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashib, suhbatlashgan edi.

Bugun ushbu kompaniyalardan biri "KOREA AUTHORIZED INSPECTION & RESEARCH INSTITUTE" tadqiqotchisi DO Minh Hang Karmana tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimi F.Umarov bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda tomonlar Navoiy erkin iqtisodiy zonasida qishloq xo‘jaligi mashinalariga xavfsiz gaz o‘rnatgan holda takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.