EL DARDIGA DARMON BO‘LAYOTGANLAR

 



         

           O‘z faoliyati davomida bor bilimi va tajribasini ishga solib shu yurt, xalq farovonligi uchun safarbar etib, mehnati, olib borayotgan xayrli va ezgu ishlari bilan el orasida qadr topayotgan deputatlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatligiga “Yangi ariq” mahallasi hududidan saylangan O‘zLiDeP faoli Yusuf Murodovni Karmanaliklar yaxshi biladi. U xalq orasida muammolarni joyiga chiqib o‘rganib, ijobiy hal etib kelmoqda.

           Deputat qisqa muddatda o‘z tashabbuskorligi va harakatchanligi bilan mahalla ahlining hurmatini qozondi. Xususan, Uning sa’y-harakati va tinimsiz ravishda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarishi natijasida mahalla “Qiziltom” ko‘chasidan o‘tgan ichimlik suv quvurining 450 metrlik ta’mir talab qismi to‘liq yangilandi. Natijada ta'mirtalab suv quvurning mazkur qismidan suvning behuda isrof bo‘lishiga chek qo‘yildi.
     Bu kabi muammolarni joylarga chiqib, manzilli o‘rganishda hamda ijobiy hal etilishda jonbozlik ko‘rsatayotgan deputatlarimizning fidoyiligi va vatanparvarligi alohida e’tirof etish lozim. Ularga mashaqqatli kasbida omad va zafarlar tilab qolamiz.