KARMANADA OSIYO O‘YINLARI G‘OLIBI KUTIB OLINDI

 

Xabaringiz bor, Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o’yinlarida Karmanalik Umid Esanov Kurash sport turi bo‘yicha 81 kg vaznda ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

 

Bugun Karmana tumanidagi "Sardoba" mahallasida Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o’yinlari g‘olibi Umid Esanovni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Tuman hokimi o‘rinbosari E.Kenjayev, Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi vakillari, mahalla mas'ul beshligi hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar sportchimizni Osiyo chempionatidagi g‘alabasi bilan tabriklab, kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishida omad va zafarlar tilashdi.