Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Karmana tumanidagi Beshkent mahallasi, I.Karimov ko‘chasi 33-uy yonida bir oydan buyon ichimlik suvi quvuri nosoz holatda" sarlavhasi ostida e'lon qilingan ma’lumot yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

 

 

         Ushbu holat yuzasidan “Navoiy suv ta’minoti” MChJ Karmana tuman bo‘limining mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Beshkent mahallasi, I.Karimov ko‘chasi 33-uy yonida joylashgan suv quvurida nosozlik yuzaga kelganligi aniqlandi. Ayni paytda “Navoiy suv ta’minoti” MChJ Karmana tuman bo‘limi tomonidan muammo to‘liq bartaraf etilganligini ma'lum qilamiz.