Avval xabar berganimizdek, Karmana tumanidagi 5-umumta’lim maktabning 2“A”-sinf o‘quvchisi Nilufar Mahmudova shaxmat bo‘yicha Gruziya davlatida jahon chempionatida ishtirok etmoqda. 

Musobaqa Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda jahon chempionatida Nilufar ilk o‘yinlarini g‘alaba bilan boshlaganini ma'lum qilamiz.

 

Karmanalik Nilufarga chempion bo‘lishini tilab qolamiz.