90009"Asl san'atni jonli ijroda namoyish etamiz" nomli tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

O'zbekiston Respublikasi Navoiy viloyat hokimligi tomonidan "Yoshlar festivali" doirasida yoshlarni madaniyat va san'atga keng jalb etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda yangi iqtidorlarni kashf etish maqsadida e’lon qilingan "Asl san'atni jonli ijroda namoyish etamiz" nomli tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Karmanalik yoshlar tanlovning An'anaviy cholg'u yo'nalishida "Karmana" doirachilar ansambli 1-o'rinni, Amaliy san'at yo'nalishida Sodiqova Maxliyo 1-o'rinni, Xalq cholg'u yo'nalishida Muyiddinov Otabek 2-o'rin, Nurmurodov Sarvar 2-o'rin, Baxshichilik yo'nalishida Shavkatov Ilg'or 2-o'rinni, Xoreografiya yo'nalishida Muyiddinova Dilnoza 2-o'rin, Sanaqulov Shamshod 3-o'rinni, An'anaviy xonandalik yo'nalishida Abdiyeva Nazokat 3-o'rinni, O'ktamov Og'abek 3-o'riinlarni egalladhdi. Tanlov g'oliblari viloyat hokimligining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

 

Tuman hokimligi axborot xizmati
25.12.2020 yil