Bugungi kunda yurtimizdagi chekka–chekka qishloqlarda ham ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shular qatorida shahar, qishloqlarning ichki xo'jalik yo'llarini kapital va joriy ta'mirlash bo'yicha Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlari dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda.

Karmana tumanida ham obodonlashtirish, qurilish ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, "Jaloyir" mahallasidagi ichki tuproqli yo‘llar bosqichma-bosqich shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilib, maxsus texnikalar yordamida ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Paxtaobod mahallasidagi Shodiyona, E'tiqod ko‘chalarida ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, kuzgi mavsumda ko‘chalar loy bo‘lishi oldi olindi. Paxtaobod mahallaning Vatanparvar ko‘chasida eski simyog‘ochlar yangi beton tayanchlarga almashtirildi, yangi transfarmator o‘rnatildi, homiylik asosida ichimlik suvi keltirildi.

Shu bilan birgalikda “Malik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish, ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.