KARMANA TUMANIDA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI

 


Bugun Karmana tuman hokimligi binosida tuman hokimi Valijon Adizov, tegishli mas'ul rahbarlar hamda hokim yordamchilari ishtirokida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, migratsiyadan qaytgan 30 nafar fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari, go‘zallik saloni jihozlari, motokultivatorlar, pishiriq pechlari hamda muzlatkichlar topshirildi.

 

 

– Tikuvchilik sohasiga juda qiziqqanligim bois mahallamizdagi hokim yordamchisiga tikuv mashinasi olish maqsadida ariza topshirgan edim, – deydi “Talqoq” mahallasida yashovchi Muhiddinova Marjona. – Bugun mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Buning uchun biz kabi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman.

 

Shuningdek, tuman rahbari fuqarolar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda oilalarga qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.