KARMANADA SAYXUNOBOD TAJRIBASI AMALDA

 Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimining birinchi o’rinbosari Sherzod Zayniyev "Gulobod" mahallasida bo‘lib, mahalla mas'ullari tomonidan Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, G‘ijduvon tajribalari asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganishdi.

 Xususan, Z.Komilov xonadonida bo‘lib, 2 sotix issiqxonada "Veshenka" navli qo‘ziqorin, limon, mandarinlarni yetishtirish jarayonlari bilan tanishildi. - Yaqinda Rossiya davlatidan kelib, qo‘shimcha daromad topish maqsadida imtiyozli kredit olib, issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. - Kelgusida faoliyatimni yanada kengaytirish niyatidaman, – deydi Zayniddin Komilov.

 Shuningdek, S.Salimov xonadoniga borilib, imtiyozli kredit olgan holda tashkil etilgan qo‘ziqorinchilik faoliyati o‘rganildi. Tuman rahbari tadbirkorlar bilan samimiy suhbatda bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berdi.