Спарк     O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Hunarmand” uyushmasi, Yoshlar ittifoqi va turli vazirlik, idoralar ko‘magida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandlik udumlarini yanada ravnaq ettirishga keng imkon ochayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
Bu yil mazkur tanlovga hududlardan jami 6 ming 712 nafar tuman va shahar tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdi. Ular orasidan 960 nafar tadbirkor, fermer hamda hunarmand Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlariga chiqdi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida “Tashabbus — 2019” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bellashgan 69 nafar tadbirkorlik sub’yekti orasidan viloyatdoshimiz — “Export Fish Produkt” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Obidjon Saidov “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Prezident sovrini — “Spark” avtomashinasi sohibi bo‘ldi.
G‘ayratli, yangi orzu-maqsadlar bilan yashayotgan yosh tadbirkor yigitga Prezident sovrini muborak bo‘lsin, deymiz!


navoinews.uz
saytdan olindi.
01.08.2019 й