Karmana Tumani hokimi V.Y.Adizovning

Ramazon hayiti munosabati bilan tuman ahliga

BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, hurmatli bayram ishtirokchilari va aziz tumandoshlar!

Xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etadigan qadimiy bayramimiz – Ramazon hayitini keng nishonlayotganimiz yurtdoshlarimizga quvonch ulashmoqda.

Shu fursatdan foydalanib, Sizlarni va sizlar orqali tumanimiz ahlini ushbu ulug‘ ayyom Ramazon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Hurmatli tumandoshlar,

Joriy yilgi Ramazon oyi har yilgidanda o‘zgacha ruhda va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi albatda. Joriy yil Ramazon oyligi doirasida butun Respublikada bo‘lgani kabi tumanimizdagi 5 ta jome masjidlarida ham xatmi Qur’onlar bir vaqtda boshlanib, qariyb bir oy davomida Qur’on tilovatlar qilinib, jonajon Vatanimizning tinchligi va ravnaqi hamda halqimizni farovon yashashliklari uchun ko‘plab duolar qilindi.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va
mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda mustahkamlash, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag‘rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda.

Darhaqiqat, keskin va tahlikali sharoitda, tevarak-atrofda bo‘layotgan turli fojialar, xunrezliklar hamda har xil xurujlar mohiyatini teran anglab, hushyorlik va ogohlikni yanada oshirish hammamizning muqaddas burchimiz bo‘lishi kerak.

Shu o‘rinda, Prezidentimizning “Musulmonchilik har birimizning yuragimizda, vijdonimizda bo‘lishi lozim. Inson
imon-e’tiqodli bo‘lsa, yurtiga sodiq bo‘lib xizmat qilsa, u haqiqiy vatanparvar bo‘ladi”,
degan da’vatiga amal qilib, qalbimizga jo qilsak har tomonlama o‘rinli bo‘ladi.

Aziz tumandoshlar!

Yana bir bor Sizlarni va siz orqali barcha tumani­miz ahlini ulug‘ ayyom Ramazon hayiti bayrami bilan chin qal­bim­dan samimiy tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz fa­rovonligi yo‘lidagi sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!

KARMANA TUMANIDA “TASHABBUSLI BYUDJET”NING GʻOLIB LOYIHALARI ANIQLANDI

Loyihaning 2024 yildagi birinchi mavsumida “Open Budjet” portalida Karmana tumanidan 12 ta tashabbus gʻolib deya topildi.

Gʻolib deb topilgan tashabbuslar roʻyxati

1. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/9fd7d2d9-1bcf-4faa-9f3c-c39965439adb

2. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/7545f58e-fd91-4127-85a4-fa9a50b7bf5d

3. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/2a5ee099-baa7-4b64-9e42-fd6354f05027

4. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/c5e7bab3-5b4e-4498-af50-4d4e77079db1

5. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/bed4ffbb-51cf-4086-a0de-1f812383c243

6. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/a2189a7d-f2bb-4dc6-8dbb-97400fdbce6b

7. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/09becf99-b94a-4fe6-98d5-9de651e8e780

8. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/4da2f5cf-7cc6-42b5-a48c-01657a5e70df

9. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/00ca5d42-0759-4f4f-ba13-063c4c65a3ee

10. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/727075be-b0a0-4ec6-9442-e8b0d9b3b5cd

11. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/a9383a95-4717-43aa-a514-402aba3ffadc

12. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/8a17e57c-329e-455b-bb17-a564123de0f5

 

 

 

 

Karmana tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan "BIZ O‘ZBEKISTON KELAJAGIMIZ" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona vatanni madh etuvchi sherlar, kuy qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari ijro etilib, yig'ilgan ota-onalar va ishtirokchilar qalbidan joy olishdilar. Bunday tadbirlar o‘quvchilar ongida vatanga yurtga, ustozlarga hurmat tushunchalarini yanada shakllantirishiga xizmat qiladi.

Банклар фойдасига 6,2 млрд. сўмлик қарздорлик ундирилди!

 

Мажбурий ижро бюроси Кармана туман бўлими иш юритувидаги тижорат банклари фойдасига ундирувлар билан боғлиқ 65,6 млрд. сўмлик 2 360 тадан ортиқ ижро ҳужжатларидан 271 тадан ортиғини ижроси тамомланиб, 6,2 млрд. сўм қарздорлик ундирилган.

Шунингдек, ижро ҳужжатлари юзасидан жами 88 та 24,2 млрд. сўмлик мол-мулклар хатланиб, 71 та 21 млрд. сўмлик мол-мулклар онлайн аукцион савдоларига чиқарилган.

Қарздорлардан тижорат банклар фойдасига кредит қарздорлигини ундириш билан боғлиқ жами 1 150 нафар қарздорларнинг 16,4 млрд. сўмлик қарздорликларини қоплаш мақсадида иш ҳақи даромадлари ҳақида маълумотлар аниқланиб, қарздорликларни ундириш иш ҳақларига қаратилган.

Мисол учун, фуқаролик ишлари бўйича Зарафшон туманлараро судининг ижро варақасига асосан қарздор “Ж.К.” ОКдан "Микрокредитбанк” АТБ Кармана тумани филиали фойдасига 275,3 млн. сўм кредит қарздорлигини ундириш юзасидан олиб борилган мажбурий ижро ҳаракатлари натижасида қарздорлик тўлиқ ундирилиб, ижро ҳужжати амалда тамомланган.

Бу борадаги ишлар жадаллик билан давом эттирилмоқда.

NOQONUNIY O‘RNATILGAN REKLAMA QURILMALARI BARTARAF ETILMOQDA

Navbatdagi o‘rganish tadbirlari Karmana tumanidagi "Karmana" ko‘chasida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mos kelmagan 15 dan ortiq noqonuniy reklamalar Karmana tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda olib tashlandi.