- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 181
NOQONUNIY O‘RNATILGAN REKLAMA QURILMALARI BARTARAF ETILMOQDA
Navbatdagi o‘rganish tadbirlari Karmana tumanidagi "Karmana" ko‘chasida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mos kelmagan 15 dan ortiq noqonuniy reklamalar Karmana tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda olib tashlandi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 194
Ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi 16-uy, 2-xonadonda yashovchi fuqaro Aslanova Asalxon Islom qizi “Narpay” MFYda yashovchi turmush o‘rtog‘i Jumayev Husniddin Ne’mat o‘g‘li bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli hozirgi kunda alohida yashab kelayotganligi hamda turmush o‘rtog‘i boshqa oila qurganligi uchun mahalla xodimlariga va turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rish haqidagi xabar e’lon qilindi.
Ushbu holat yuzasidan “Narpay” va “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan bir necha marta muhokama qilinib, fuqaro A.Aslanova va turmush o‘rtog‘i H.Jumayevlarning oilaviy kelishmovchiligini bartaraf etish chorasi ko‘rilganda, ikki tomon yashash istagi yo‘qligini bildirgan.
Shuningdek, 2024-yil 4-mart kuni “Narpay” va “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan ushbu oilani yarashtirish chorasi ko‘rilganda ikki tomon ham ajralish niyati borligini bildirib, tashkilot xodimlariga e’tirozi yo‘qligini bildirganligini ma'lum qilamiz.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 248
KARMANADA ZAMONAVIY TEZ TIBBIY YORDAM MASHINALARI AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISHNI BOSHLADI
Davlatimiz rahbarining ta’birlari bilan aytganda: “Asosiy maqsad – tibbiyot sohasini chinakamiga xalq dardiga darmon bo‘ladigan, yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirishdan iborat”.
Karmana tumanidagi olis hamda aholi soni ko‘p bo‘lgan mahallalarida 3 dona “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Xususan, "Uyrot", "Do‘rman", "Hazora" mahallalaridagi oilaviy poliklinika yonidagi tez yordam bo‘limining shaxobchalarida zamonaviy talablarga javob beradigan tibbiy yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 200
Aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bora oʻtkazilgan davlatlarni bilasizmi?
Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Bu islohotdan koʻzlangan maqsad soliq toʻlovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash boʻlgan.
Ilk oʻrta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xoʻjaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uygʻunlashgan. Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi oʻringa qoʻyilgan.
Finlyandiyada XVI asrdanoq aholi soni roʻyxatini olib borish boshlangan. Davlatning maqsadi birinchi oʻrinda soliqqa tortish va harbiy xizmatga chaqirish bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻsha davrda Shvetsiya oʻzining Sharqiy qismi boʻlgan Finlyandiyani qoʻshganda ham aholisi kam, kambagʻal davlat edi. Binobarin, yirik maʼmuriy apparat va armiyani saqlab turish uchun harbiy xizmat majburiy boʻlgan, soliqqa tortiladigan aholi va uning mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham muntazam yuritilgan.
Aholi roʻyxatida joylashgan va butun Finlyandiyani oʻz ichiga olgan axborot tarkibi oʻzining keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi. Axborot bazasi mamlakatning har bir fuqarosi haqidagi aniq va eʼtiborga loyiq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Fuqaro toʻgʻrisidagi eng muhim maʼlumot uning ismi va familiyasi, tugʻilgan joyi va sanasi hamda fuqaroligidir. Shuningdek, fuqaroning oilaviy ahvoli (turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi) hamda yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot ham muhimdir.
XVIII asr oʻrtalaridan aholini oʻrganishga qiziqish ortadi. Avstriya, Niderlandiya, Daniya, Ispaniya, Yaponiya, AQSHda odamlar hisobini yuritishga kirishiladi. Biroq bu hisob-kitoblar butun boshli aholini qamrab ololmagan.
Aholini universal roʻyxatga olish 1665-yilda Yangi Fransiya (Kvebek) koloniyasida boʻlib oʻtdi. AQSHda 1790-yilda toʻliq aholini roʻyxatga olish ishlari olib borildi. Oʻshanda oʻn yetti nafar politsiya xodimi mamlakat boʻylab sayohat qilib, xonadonma-xonadon yurib, oltita savolga javob toʻplashdi: uy egasining toʻliq nomi, oʻn olti yosh va undan katta yoshdagi ozod oq tanli erkaklar, oʻn olti yoshdan kichik boʻlgan ozod oq tanli erkaklar, ozod oq tanli ayollar, boshqa ozod shaxslar va qullar soni.
Oʻttiz yil oʻtgach, Italiya, Ispaniya, Angliya, Irlandiya, Avstriya, Fransiyada roʻyxatga olish vaqti keldi. 1851-yilda Xitoyda, keyin Yaponiyada (1871) va nihoyat, Rossiyada aholi roʻyxatga olindi.
Zamonaviy bosqich XX asrning oʻrtalaridan boshlandi. Osiyoning qator mamlakatlarida, shuningdek, Afrikada aholini roʻyxatga olish oʻtkazildi. Bu yangi mustaqil davlatlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq edi. Oʻtgan asrning 70-yillarida Yaman, BAA, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda birinchi marotaba aholi roʻyxatdan oʻtkazildi. XX asrning oxiriga kelib, aholini roʻyxatga olish dunyoning deyarli barcha hududini qamrab oldi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 232
Karmana tuman Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtaligi va Jamoat Salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tuman aholisi o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, “Botulizm” kasalligi va guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarining yuzaga kelishini oldini olish, aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda tibbiy-sanitariya savodxonligini oshirish maqsadida Karmana Dehqon bozorida hamda ushbu bozor hududida faoliyat olib borayotgan umumiy ovqatlanish shaxobchalari, oziq-ovqat savdo va ishlab chiqarish korxonalarida profilaktik tushuntirish tadbirlari olib borildi.
Tadbir davomida uy sharoitida fuqarolar tomonidan sanitariya va gigiyena qoida va me’yorlariga rioya etmagan holda tayyorlangan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida kerakli tavsiya va ko‘nikmalar berildi.