- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 125
G‘O‘ZADA DOLZARB 40 KUNLIK TADBIRLARI
Navoiy viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining joriy yilning 4- iyuldagi “Dolzarb 40 kunlik “ tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi № 44 sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan. Ushbu buyruqda viloyat va tuman hududlaridagi g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar (shira, trips, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, qandala va boshqalar), kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2024 yilning 2 iyulidan 10 avgustga qadar “Dolzarb qirq kunlik” deb eʼlon qilingan. Bunda, tadbir o‘tkaziladigan hudud yetib agroklasterlar, fermer-dehqon xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlari belgilab berilgan.
Yuqoridagi buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Karmana tumanida 2024 yil paxta hosili uchun parvarish qilinayotgan 4595 gektar g‘o‘za maydonlari tuman o‘simliklar karantini va himoyasi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan zararkunandalarga qarshi qo‘yilgan feramon tutqichlar, dala daftarlarining to’ldirishi, g‘o‘za maydonlari kunlik fitosanitar nazoratdan o‘tkazilib, 40 kunlik doirasida joylarda seminarlar tashkil qilinmoqda.
Bugungi kunda g‘o‘za nihollariga asosan o‘rgimchakkana hamda ko’sak qurti zararkunandalari zarar yetkazishi mumkin.
O‘rgimchakkanalar ????
Lotincha nomi: Tetranychidae
Zarari: O‘rgimchakkana – Markaziy Osiyoda g‘o‘za va boshqa poliz ekinlarining eng xavfli zararkunandalaridan biri. Bu zararkunanda ayrim dalalarda paxta hosilining yarimidan ko‘proq qismini nobud qilib qo‘yishi mumkin. Odatdagi yillarda o‘rgimchakkana yalpi paxta hosilining 6–10 % , baʼzi yillarda esa hatto
50-60 % nobud qiladi.
O‘rgimchakkana hosilni kamaytirish bilan birga paxta sifatini ham pasaytiradi. Kana ko‘plab tushgan g‘o‘za tuplaridagi ko‘saklarning tolasi 1–1,5 mm qisqaradi. O‘rgimchakkanalar 248 turdagi o‘simlik bilan oziqlanadi, shundan 173 turi begona o‘tlar, 38 turi butalar, 37 turi qishloq xo‘jalik ekinlaridir.
Kurash choralari: Kimyoviy usul: O‘rgimchakkanaga qarshi oldini olish (profilaktik) chora sifatida oltingugurt talqonidan yetarlicha changlatish, 0,5-1 C gradusli oltingugurtli ohakli qaynatmasidan gektariga 300 litr purkash tavsiya etiladi. Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, oltingugurt kukuni qanchalik maydalangan bo‘lsa samarasi shunchalik yaxshi bo‘ladi va o‘simlik bargi ustidan yomg‘ir suvlari yoki shamol taʼsirida yuvilib ketishi qiyinlashadi.
Vegetatsiya davomida 10% o‘simliklar bargining orqa sathi o‘rgimchakkana bilan 5-25% qoplanganda yoki iqtisodiy zarar miqdor mezondan oshganda o‘rgimchakkana uchun kimyoviy vositalar qo‘llash lozim bo‘ladi.
O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Karmana tuman bo‘limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Furqat Raxmatov, Vaxobjon Odilov, Mustafo Nazarov, Mohichehra Mo’minova
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 111
KARMANA TUMANIDA SANOAT PARKI BUNYOD ETILMOQDA
Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosari Amriddin Akramov tuman hududida bunyod etilayotgan sanoat parkining qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, ushbu sanoat parkida qurilish ishlarini tizimli olib borish, belgilangan muddatlarda mas'uliyat bilan yondashgan holda qurib bitkazish bo‘yicha mas'ul rahbarlar bilan kelishib olindi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, sanoat parkining umumiy maydoni 40,5 gektarni tashkil qilib, dastlabki bosqichda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoq ishlab chiqarish kabi sohalarda 251 mln. dollarlik loyihalarni ishga tushirish belgilangan.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 98
GʻOʻZA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR MUHIM PALLAGA KIRDI
Ayni paytda Karmana tumani xudulari boʻylab paxta toʻqimachilik klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklari tomonidan gʻoʻza parvarishida muhim boʻlgan agrotexnik tadbirlar qizgʻin olib borilmoqda.
Bugungi kunda 4595 gektar maydonda ekib, parvarish qilinayotgan gʻoʻza agrotexnikasida barcha tadbirlar, jumladan qator oralariga ishlov berish, chuqur yumshatish, begona oʻtlardan tozalash, azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, suspenziya sepish, gʻoʻza zararkunandalari va hasharotlarga qarshi kurash ishlari tizim asosida tashkil etilmoqda.Albatta, ushbu agrotexnik tadbirlarni sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazilayotganligi natijasida oʻtgan bir hafta davomida –shza nixollarining yaxshi rivojlanayotganligi quvonchli holatdir.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi Karmana tuman boʻlimi fitosanitar davlat nazorati inspektorlari tomonidan hududlardagi gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlarning oʻtkazilishi, oʻrnatilgan dala kutilari, dala daftarlarining tuldirilishi, feramon tutqichlar muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Oʻtkazilgan tadbirlarga koʻra, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish ishlari mavsum boshidan buyon jami 4,1 marta, chopiq qilish ishlari 3,4 marta, chuqur yumshatish ishlari 2,2 marta, gʻoʻzani bargidan oziqlantirish ishlari 3,1 marta, gʻoʻzani mineral oʻgʻit bilan 2-oziqlantirish ishlari 2781 ming gektar yoki 60,8 foiz maydonda amalga oshirilganligi aniqlandi.
2024-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan gʻoʻza maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Xazora xududidagi “Ato Butaev”, “Nasimobod”, M.Ibragimov xududidagi “Yorqul Ruziev, “Baxtiyor Turakulov”, Durman xududidagi “Qaxramon”, Narpay xududidagi “Ortiq Omon”, “Firdavsbek Marjona”, Ziyobek Ne'matulla”, Q.Raximov xududigi “Aslonov Bobomurod” kabi fermer xoʻjaliklarining gʻoʻza maydonlari tuman fitosanitar davlat nazorati inspektorlari tomonidan nazoratdan oʻtkazilib, bugungi kunda amalga oshirilishi lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlar doirasida tavsiya hamda tushunchalar berib bormoqdalar. Bu ishlarni amalga oshirishda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agetnligi tomonidan tashkil qilingan Respublika ishchi guruhi a'zolari ham yaqindan yordam bermoqdalar.
Tumanda faoliyat yuritayotgan Navoiy don mahsulotlarga AJ ga qarashli Durman hamda Navoiy best seds MChJ biolabaratoriyalari tomonidan xududlarda parvarish qilinayotgan paxta maydonlariga biofonni oshirish maqsadida trixogramma, brakon va oltinkuz biomahsulotlari muntazam ravishda chiqarib borilmoqda.
Oʼsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Karmana tuman boʼlimi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari Rasul Ochilov, Murodulla Xidirov, Moxichexra Muminova.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 84
KARMANALIK YOSHLAR TASHABBUSI BILAN FUTBOL MAYDONI QAYTA TA'MIRLANDI
Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman prokurori Zokir Barnayev, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi NNT qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi direktori Hamid Jumayev, tegishli mas'ul rahbarlar hamda mahalladagi futbolchi yoshlar ishtirokida qayta ta'mirlangan futbol maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dastlab tuman rahbari so‘zga chiqib, ushbu futbol maydodni qurilishi tashabbusi bilan chiqqan yoshlarni e'tirof etgan holda yosh futbolchilarga kelgusidagi musobaqalarda omad va zafarlar tiladi. Shundan so‘ng, sportchi yoshlarga maxsus sport kiyimlari topshirildi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish joizki, "Tashabbuskor Yoshlar Markazi" jamoat birlashma raisi Toshpo‘latov Ilhom "YANGI MAYDON -YANGI YULDUZLAR" loyihasi Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi NNT qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan g‘olib deb topilib, 22 million so‘m davlat granti mablag‘lari ajratilgan holda tumandagi 20-umumta'lim maktabiga qarashli futbol maydoni qayta ta'mirlandi.
- Подробности
- Категория: Jamiyatdagi
- Просмотров: 146
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Karmana tumani hokimi Valijon Adizovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, Aziz tumandoshlar, qadrli yoshlar!
Siz, aziz yoshlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni yurtimizda keng nishonlanayotgan 30 iyun — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar go‘zal va beg‘ubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Haqiqatan ham, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Ishonchim komil, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.
Hurmatli yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev so‘zlari bilan aytganda, Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlaymiz. Har biringiz ushbu e’tibor va e’tirofga munosibsiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!