-
Подробности
-
Категория: Jamiyatdagi
-
Просмотров: 287
«Аrcha unsimon» qurtining zarari va unga qarshi kurash
choralari haqida
Bugungi kunda Igna bargli hamda boshqa manzarali daraxt va butalarga zarar yetkazayotgan “Аrcha unsimon qurti” hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida “Dolzarb oʼttiz kunlik” tadbiri eʼlon qilindi. «Аrcha unsimon» qurti zararkunandaning lichinka va urgʼochilari archaning novdalari va barglarini soʼrib zarar yetkazadi. Uning lichinka va urgʼochilari barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi. Аyniqsa, barglar kuchli darajada zararlanadi.
«Аrcha unsimon» qurtning kattaligi 2-3 mm boʼlib rangi sargʼish, qizgʼish, kulrang tusda boʼladi. Yetuk (erkak) zotlari mart oyi oxirida, (urgʼochi zot)lari aprelь boshlarida chiqishi kuzatilgan. Ularning tuxum qoʼyishi may oyi davomida va iyunь boshlarigacha davom etib oʼrtacha 280 tagacha tuxum qoʼyadi.
Bu zararkunandaga qarshi kurash ishlarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
«Аrcha unsimon» qurtini ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida roʼyxatga olish, zararkunanda tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa koʼchatlarini boshqa joylarga yuborilishini qaʼtiyan taʼqiqlanishi shart. Ushbu hashorot xayoti davomida daraxt tanasidagi suyuqlikni soʼrib oziqlanishi va oʼzidan suyuqlik chiqarishi natijasida daraxtni oʼsib rivojlanishi uchun zarur boʼladigan fotosintez jarayonini buzilishi, hamda daraxtning kasalliklarga chalinishi va sovuq haroratga chidamliligi pasayib, igna barglari qorayib qurish holatlari kuzatildi.
Zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʼllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash kerak.Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʼsha joyning oʼzida yoqib yoʼqotish shart. Аgrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida va toʼliq bajarish (fosforli, azotli, mikroelementlar Master, Kropsheld, Vegrutlar bilan oziqlantirish).
Kimyoviy preparatlardan Bi-58 (yangi) 40% em.k, Bagira 20% em.k va Аtilla 5% em.k foydalanish tavsiya qilinadi. Ushbu preparatlarni zararkunandalarning paydo boʼlishi bilan birinchi ishlov oʼtkaziladi va zararkunanda butkul yoʼqolguncha har oʼn besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borilishi kerak.
Fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, qishloq xoʼjaligi ekinlarini archaning novdalari va barglarini soʼrib zarar yetkazadigan «Аrcha unsimon» qurtidan samarali himoya qilish va manzarali daraxtlarni saqlab qolish choralari koʼrilmoqda. Ish jarayonida sohaning malakali mutaxassislari tomonidan «Аrcha unsimon» qurtlariga qarshi kurashish uchun barcha choralar koʼrilib, tavsiyalar berib borilmoqda.
Tumandagi barcha maishiy va xoʼjalik tashkilotlar tomonidan tezkor ravishda zararkunanda tarkalgan hududlarni aniqlash va unga qarshi kurash choralarini qoʼllash;
zararkunandaga qarshi kurashda uning tuxumdan lichinka ochib chiqish davrida kimyoviy preparatlarni qoʼllash yuqori samara berishini inobatga olib kimyoviy ishlovlarni shu davrlarda boshlash;
zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib, qurish holatiga kelib qolgan daraxtlarni kesib, unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʼsha joyning oʼzida yoqib, yoʼqotish kerak boʼladi.
Navoiy viloyati Oʼsimliklar karantini va ximoyasi boshqarmasi Karmana tuman bo'limi fitosanitar nazorat davlat inspektorlari M.Xidirov, M.Muminova, V.Odilov.